Qatar Turkiya va Suriyadagi aholi uchun 10 mingta konteyner uylar jo'natmoqda

Xabarlarga ko’ra, Qatar amiri tabiiy ofatdan jabrlanib, boshpanasiz qolgan Turkiya va Suriya aholisi uchun maxsus 10 mingta konteyner uylar jo'natilishini ma’lum qilgan.
Bu “Qatarning Suriya va Turkiyadagi zilziladan jabrlanganlarga yordam berishga qaratilgan sa'y-harakatlarining bir qismidir”, — deya izohlangan.
“Ular yaqin orada keltirilib oʻrnatiladi. Hech kim eʼtiborsiz qolmaydi, barcha jabrlanganlar vaqtinchalik boshpana bilan taʼminlanadi”, — deya ta’kidlagan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan.






