Qatardagi Jahon chempionati vaqtida stadionlarda spirtli ichimliklar sotilmaydi

FIFA Qatardagi Jahon chempionati oʻyinlari davomida stadionlarda pivo sotilishi taqiqlanganini rasman tasdiqladi.

“Mezbon mamlakat hukumati bilan oʻtkazilgan muzokaralardan keyin FIFA spirtli ichimliklar savdosini fan-zona, muxlislar gavjum joylar va litsenziya asosida faoliyat yuritadigan ochiq maydonlarda tashkil etishga qaror qilindi. Stadionlardagi pivo sotish nuqtalari olib tashlanadi. Bu taqiq stadionlardagi alkogolsiz pivo sotuviga taʼsir qilmaydi”, — deyiladi FIFA xabarida.

P.S. Qatarda jamoat joylarida spirtli ichimliklar isteʼmol qilish qatʼiyan man etilgan. Faqat mehmonxonalarda alkogol mahsulotlari sotuviga ruxsat berilgan.