Qatardagi jahon chempionatining so‘nggi to‘rt o‘yini uchun rasmiy to‘p taqdim etildi

FIFA rasmiy sayti xabarida qayd etilishicha, "Al Hilm" deb nomlangan ushbu to‘pdan ikki yarimfinal, uchinchi o‘rin uchun va final o‘yinida foydalaniladi. Uning nomi arab tilidan tarjima qilinganda "Orzu" ma’nosini beradi".
Qayd etilishicha, "Orzu" to‘pi birinchi bo‘lib Xorvatiya – Argentina (13-dekabr), keyin Fransiya – Marokash (14-dekabr) o‘yinida mayonga kiritiladi. Uchinchi o‘rin uchun bahs 17-dekabrda, chempionnni aniqlovchi final esa 18-dekabrda o’tkaziladi.
P.S. Qatardagi mundialning guruh bosqichi, 1/8 va 1/4 finallarida "Al RIhla" (arabchadan tarjimasi — "Sayohat") nomli to‘pdan foydalanilgandi.






