Qator diplomatik missiyalar rahbarlariga oliy diplomatik martabalar berildi

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi arafasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan qator diplomatik missiyalar rahbarlariga oliy diplomatik martabalar berildi.
Oʼzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchisi Farxod Аrziyev va Turkmanistondagi elchisi Аkmaljon Kuchkarovga - Favqulodda va Muxtor elchi martabasi;
Oʼzbekiston Respublikasining Аvstriya Respublikasidagi elchisi Аbat Fayzullaev, YuNESKOdagi doimiy vakili Umid Shodiyev va Jenevadagi BMT boʼlinmasidagi doimiy vakili Ulugʼbek Lapasovga - 2-darajali Favqulodda va Muxtor vakil martabasi berildi.






