Qator viloyat va shaharlarga yangi hokim va hokim o'rinbosarlari tayinlandi

Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Yangiyer shahriga hokim va hokim o'rinbosarlari tayinlandi.

-Hususan, Shavkat Zayniddinov Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi lavozimida ishlagan.

-Nosirov Otabek Ural o‘g‘li Yangiyer shahar hokimi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar, Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

-Otabek Sultanbekov Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi..

Tayinlovga qadar, Quyi Chirchiq tumani hokimining shu masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

-Botirov Baxodir Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Guliston tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.