«Qayerda gaz bo‘lmasa, suyultirilgan gaz yoki ko‘mir yetkazishni bugundanoq hal qilish lozim» - Shavkat Mirziyoyev

Bosh vazir Abdulla Aripov va energetika vaziri Jo'rabek Mirzamahmudovga bor imkoniyatlarni ishga solib, mavjud resurslarni adolatli taqsimlab, muammoli mahallalarda odamlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatadigan tizim yaratish topshirildi, deb xabar bermoqda Sherzod Asadov.
Kelgusida bunday vaziyatga yo‘l qo‘ymaslik uchun hozirdan aniq choralarni belgilash, ya’ni qayerda gaz bo‘lmasa, suyultirilgan gaz yoki ko‘mir yetkazishni bugundanoq hal qilish vazifasi qo‘yildi.






