Qidiruv-qutqaruv ishlari 24 soat uzluksiz davom etmoqda

Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida safarbar etilgan Oʼzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari 10 mingdan ortiq etnik oʼzbeklar istiqomat qiluvchi Hatay viloyatining Ovakenti va Jumabozor qishlogʼida qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda.
Ishlar 24 soat uzluksiz yoʼlga qoʼyilgan boʼlib, oʼzbekistonlik qutqaruvchilarga UMKE tashkiloti mutaxassislari yordam bermoqda.






