Qirg'iziston kinematograflari delegatsiyasi Andijonga keldi

6-iyul kuni Andijon viloyatiga Qirg'iziston kinematografiya departamenti rahbari M. Bektanaliyev boshchiligidagi Qirg'iziston kinematograflari delegatsiyasi tashrif buyurdi.

"Do'stlik" chegara postida mehmonlarni Andijon viloyati hokimining o'rinbosari A.Maksumov kutib oldi. Dast avval delagatsiya vakillari Andijon shahrida joylashgan e’tiborga molik joylar hamda tarixiy muzeylarni ko‘zdan kechirishdi. Kunning ikkinchi yarmida ikki davlat vakillari o‘rtasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Andijon viloyatda ham hamkorlikda turli kino filmlarni tasvirga olish, shuningdek Andijon viloyatida Qirg‘iziston kinosi kunlari, Qirg‘izistoning bir qancha shaharlarida esa O‘zbekiston kino kunlarini o‘tkazish kelishib olindi.

Bundan tashqari joriy yil Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan ”Toshkent xalqaro kino festivali” doirasida ham Andijon viloyatida bo‘lib o‘tadigan bir qancha tadbirlar xususida ham kelishib olindi.