Qirg'iziston Prezidenti Turkiy kengash Bosh kotibi bilan uchrashdi

Joriy yilning 15 mart kuni Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov Turkiy kengash Bosh kotibi Bag'dod Amriyevni qabul qildi.

Turkiy kengash Bosh kotibi Bog'dod Amriyev Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarovning yaqindagina Qozog'iston Respublikasi va O'zbekistonga tashrifi turkiy dunyoning yanada rivojlanishi va birdamligiga hissa qo'shishini ta'kidlab o’tdi.

Tomonlar Turkiy kengash faoliyatining natijalari, shuningdek, Turkiy kengashning investitsiya fondini yaratish, uning ofisini Bishkekda joylashtirishning muhim ekanligi to'g'risida fikr almashdilar.

Sadir Japarov turkiy tilli davlatlar bilan birodarlik va do'stlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi hamda yaqin kunlarda bo'lib o'tadigan Turkiy kengashga a'zo davlatlarning norasmiy uchrashuvida ishtirok etishini tasdiqladi.