Qirgʼiziston savdoni rivojlantirish uchun yangi yoʼnalish ustida ishlamoqda

Ma'lum qilinishicha, yangi yoʼnalish respublikani Oʼzbekiston, Turkmaniston va Kaspiy dengizi orqali Rossiya bilan bogʼlaydi.
Qayd etilishicha, loyiha ustida Transport, Iqtisodiyot vazirliklari va yuk tashuvchilar ishlamoqda. Kuni kecha Аstraxanda Qirgʼiziston, Rossiya, Turkmaniston va Oʼzbekiston davlat idoralari va biznes vakillari oʼrtasida toʼrt tomonlama muzokaralar boʼlib oʼtgan.






