Qirgʼizistonda - Oʼzbekiston: tovar ayirboshlash hajmi 543,2 mln dollarni tashkil etdi

2022-yilning 11 oyi yakunlariga koʼra, ikki davlat oʼrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 543,2 million dollarni tashkil etdi. 2021-yilning shu davriga nisbatan 21 foizga oʼsgan.
“Аlbatta, bu strategik hamkorlarning oʼzaro savdosi uchun chegaraviy koʼrsatkichlar emas. Umid qilamanki, yaqin kelajakda tovar ayirboshlash hajmi milliardlab dollarga yetadi.
Mamlakatlarimiz ishlab chiqaruvchilar, ishlab chiqaruvchilar uyushmalari, savdo-sanoat palatalari va boshqa xoʼjalik birlashmalari oʼrtasidagi aloqalarni faollashtirishimiz zarur.
Shu bilan birga, hamkorlik mexanizmlarini samarali shakllantirish, byurokratiyani minimallashtirish va ishbilarmon doiralar oʼrtasida toʼgʼridan-toʼgʼri aloqalarni rivojlantirish, tovarlar va sarmoyalarning erkin harakatlanishini taʼminlash zarur”, — Oqilbek Japarov.






