Qirgʻizistonda Ramazon hayiti sanasi maʼlum qilindi

Qirg‘iziston musulmonlari 21-aprel kuni muqaddas Ramazon hayiti bayramini nishonlaydi. Bu haqda “Kabar” agentligi mamlakat Musulmonlari diniy boshqarmasiga tayanib, xabar berdi.
“Ramazon oyi oyning ko‘rinishiga qarab 29 yoki 30 kun davom etishi mumkin. Qirg‘iziston muftiylari Ulamolar kengashi qaroriga tayanib, Ramazon hayitini 21-aprelga belgiladi”, deyiladi xabarda.






