Qirgʻizistondagi zilzila kuchi Andijonda sezildi

Bugun, 15-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:49 da Qirg'izistonda zilzila sodir bo'ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Zilzila koordinatalari: 40,87 gradus shimoliy kenglik; 73 gradus sharqiy uzunlik.

Magnituda М=4. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 320 km janubiy-sharqda.

O'zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

• Xonobod tumanida 3 ball, 8 km.
• Qo'rgontepa tumanida 2-3 ball, 16 km.