Qirol Аbdulloh ilmiy-tadqiqotlar universiteti Prezidenti bilan hamkorlik kelishuvi imzolandi

“Saudiya Аrabistoniga davlatimiz Rahbarining tashriflari doirasida Qirol Аbdulloh ilmiy-tadqiqotlar universiteti Prezidenti proffesor Toni Chan bilan hamkorlik kelishuvini imzoladik, ushbu kelishuv olimlarimizga qoʼshma loyihalar olib borish va tajriba almashish boʼyicha keng imkoniyatlar eshigini ochadi”,- deya qayd etadi o’z Facebook sahifasida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov.

Keyingi soatlarda, yuqori darajadagi ikki tomonlama muzokaralar doirasida, Qirol Аbdulazizning fan va texnologiyalar shahri (KACST) rahbari bilan ham kelishuv imzolanishi kutilmoqda. Bu - ikki mamlakat orasidagi ilm-fan va innovatsiyalar boʼyicha hamkorlik uchun birinchi va tarixiy qadam boʼladi!