Qirolicha koronovirusga chalindi

Bukingem saroyinining xabar qilishicha, Qirolicha COVID-19 uchun topshirgan testi ijobiy chiqgan.
Bayonotda aytilishicha, monarx "yengil shamollashga o'xshash alomatlar"ni boshdan kechirmoqda. Ammo, kasalligiga qaramay, u kelgusi haftada Vindzorda "yengil vazifalar”ni bajaradi.
"U tibbiy yordam olishda davom etadi va barcha tegishli ko'rsatmalarga amal qiladi", deb xabar qilinmoqda.
Bundan tashqari, qirolicha istiqomat qiladigan Vindzor qasrida bir qancha odamlarning COPVID-19 testi ijobiy chiqgan.






