Qirolicha Yelizaveta II sharafiga Barbi qo‘g‘irchog‘i ishlab chiqarildi

Yelizaveta II-ning 96 yoshni qarshi olishi munosabati bilan Amerikaning “Martell“ kompaniyasi uning qiyofasiga ega bo‘lgan Barbi qo‘g‘irchog‘ini ishlab chiqardi.
Qo‘g‘irchoqqa ”Queen” deya nom berilgan bo‘lib, narxi 75 FSI dollarini tashkil qilmoqda.
Qo‘g‘irchoqqa fil suyagi rangidagi libos kiydirilgan va kichik medalonlar bilan bezalgan ko‘k tasma taqilgan. Boshidagi toj esa Yelizaveta II to‘yi kunida taqqan afsonaviy tojning kichik namunasi hisoblanadi.
Qo‘g‘irchoq Bukingem saroyining Taxt joylashgan zali ko‘rinishidagi quti ichida joylangan. O‘yinchoqni internet orqali “Martell” kompaniyasining rasmiy saytidan sotib olish mumkin.






