Qirolichaning vafoti sababli «Arsenal»ning Yevropa Ligasi doirasidagi o‘yini boshqa muddatga qoldirildi

UEFA rasmiy sayti xabariga koʻra, Angliya poytaxtida Yelivazetta II bilan vidolashuv marosimi oʻtkazilishi sababli tartibni saqlash xodimlari yetishmovchiligi kuzatilishi bois Londondagi 15-sentabr kungi oʻyin qoldirilishiga qaror qilingan. Ta’kidlanishicha, UEFA oʻyinning yangi sanasini keyinroq maʼlum qiladi.
Avvalroq, Yelizaveta II bilan vidolashuv marosimi sababli “Reynjers” — “Napoli” oʻyini hamda APL 7-tur uchrashuvlari qoldirilgan edi.






