Qishki Olimpiya: Norvegiya oltin medallar hisobida rekord o’rnatdi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax 24-Olimpiada o‘yinlari yakunlanganini tantanali e’lon qildi. Bu yilgi o‘yinlarda umumjamoa hisobida 37 ta medal bilan Norvegiya yetakchi bo‘ldi va bitta musobaqada qo‘lga kiritilgan oltin medallar soni bo‘yicha qishki Olimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatdi.
Yopilish marosimi Pekindagi Milliy stadionda bo‘lib o‘tdi. Olimpiadaning tantanali ochilish marosimi 4- fevral kuni bo‘lib o‘tgan edi. O‘yinlarda 109 ta medallar jamlanmasi o‘ynaldi. Dasturga Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tasnifi bo‘yicha 15 ta yo‘nalishni birlashtirgan yettita sport turi kiritilgan.
Olimpiada yopilish marosimida Xitoy Kommunistik partiyasi raisi Si Szinpin va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax tashrif buyurishdi.
Pekin meri Olimpiya harakati bayrog‘ini Milan shahri meriga topshirdi. Aynan shu shaharda 2026-yilgi Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Terma jamoa hisobida Olimpiada medallar jamg‘arish bo‘yicha ham umumjamoa hisobida ham Norvegiya jamaosi a’zolari 16 ta oltin, 8 ta kumush va 13 ta bronza medal (umumiy 37 ta medal) bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Germaniya jamoasi (umumiy 27 ta medal)) va uchinchi o‘rinni Xitoy Xalq Respublikasi jamoasi (15 ta medal) qayd etdi.
Tog‘ chang‘isi musobaqalarida O‘zbeksitondan Komiljon To‘xtayev qatnashdi va 42-natijani qayd etdi. Biroq, dasturdagi texnik xato tufayli uning natijasi hakamlar tomonidan hisobga olinmadi. Shu bilan uning Olimpiadadagi ishtiroki yakunlandi.






