Qishki ta'tilda o'quvchi va talabalarning yo'nalishli shaharlararo avtobuslar uchun imtiyozlar beriladi

Dekabr oyining oxirgi 10 kunligi va yanvar oyining birinchi 10 kunligi oralig'ida o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim muassasalari talaba (o'quvchi)larining har yilgi 2 haftalik qishki ta'tili o'tkaziladi.
2022-yildan qishki ta'til davrida o'quvchi va talabalarning yo'nalishli shaharlararo avtobus qatnovi orqali harakatlanishi uchun muddatli imtiyozlar to'plamini (chegirmali chiptalar, aksiyalar) taqdim etish mexanizmi joriy etiladi.






