Qishloq xoʼjaligi soxasida yangi innovatsion ilmiy markazning rasmiy ochilish marosimi boʼlib oʼtdi

Yurtimiz agrar sektorini rivojlantirish maqsadida 2019 yil Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi tashabbusi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan, qishloq xoʼjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʼljallangan strategiyasi qabul qilindi.

 
Joriy yilda ushbu strategiyaning amaliyoti sifatida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida “Qishloq xoʼjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” tashkil etildi. 


Markazning tantanali ochilish marosimida, bir qator vazirlik va idoralar bilan birganlikda, xalqaro tashkilotlar, elchixonlar aʼzolari hamda OАV vakillari ishtirok etmoqda.


Ochilish marosimida soʼzga chiqqan Oʼzbekiton qishloq xoʼjaligi vaziri Jamshid Xodjaev, kelgan mexmonlarga tashakkur bildirar ekan, ushbu markazning sohadagi beqiyos oʼrni va jahon tajribasidan kelib chiqib, innovatsion bilimlarning nechogʼlik zarurat boʼlganligini taʼkidladi. 


Kun tartibida Media tur tashkil etilishi hamda barcha qatnashchilarni markaz faoliyati bilan tanishtirib chiqish qoʼyilgan.


Ilmiy markaz haqidagi toʼliq maʼlumotlarni navbatdagi video lavhamizda koʼrishingiz mumkin boʼladi.