Qishloq xo'jaligi sug'urtasida xorij tajribasi

Joriy yilning 21-noyabr kuni Ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish maqsadida O'zbekiston delegatsiyasi Ispaniyaga tashrif buyurib "ENESA" tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Botir Usmonaliyev boshchiligidagi vazirlik va idoralar mas’ullaridan iborat ishchi guruhi tomonidan Ispaniyaning Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrar sug‘urta davlat agentligi rahbari Migel Peres va ijrochi direktori Karmen Sanches bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha ilg‘or xorij tajribasini yurtimizda amaliyotga joriy etish bo‘yicha hamkorlik masalalari ko'rib chiqildi. Shuningdek, ENESA tashkiloti vakillariga "Bright Uzbekistan" xalqaro jurnallari taqdim etildi.






