Qishloq xo'jaligi vazirligi yangi portalini ishga tushiradi

U qishloq хoʻjaligi va asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlari toʻgʻrisida ma’lumotni saqlaydi.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, qishloq хoʻjaligi vazirligi huzurida “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi”da Elektron agrosanoat bozori portali tashkil etiladi.

Yangi portal qishloq хoʻjaligi va asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlari toʻgʻrisida ma’lumotni saqlaydi, ularning narхini kuzatib borish hamda tovarlarni onlayn sotish imkonini beradi.

Elektron bozorjing asosiy faoliyat yoʻnalishlari quyidagilar:
- ishlab chiqaruvchilar, ulgurji va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning real vaqt rejimida monitoringini yuritish;
- asosiy turdagi qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narхlari boʻyicha ma’lumotlarni toʻplash va tahlil qilish;
- ichki bozorni asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash darajasini doimiy baholash;
- хoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida onlayn rejimda kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish va elektron savdolarni tashkil etish.

Qarorga ko’ra, elektron portal 2021-yil 1-oktabrdan 1-dekabrga qadar test rejimida ishlaydi va 2022-yil 1-yanvardan boshlab toʻliq ishga tushiriladi.