Qiymati 1 milliard yevrodan ziyod boʼlgan «yashil» iqtisodiyot va xususiy sektor loyihalari

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parijga yetib kelishi bilan ishni boshladi. Prezidentimiz Fransiya taraqqiyot agentligi rahbariyati bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Muzokaralar yakunida umumiy qiymati 1 milliard yevrodan ziyod boʼlgan "yashil" iqtisodiyot va xususiy sektor loyihalarini amalga oshirish koʼzda tutilgan 2025-yilgacha strategik hamkorlik dasturi qabul qilinishi kutilmoqda.
Uchrashuvda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.






