Qiymati 13,5 mln dollarga teng 541 ta yuk avtomobillari eksport qilingan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʼzbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 13,5 mln. АQSh dollariga teng boʼlgan 541 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.
Yuk avtomobillari eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 173 taga kamaygan.
Oʼzbekiston 10 oyda yuk avtomobillarini eng koʼp eksport qilgan davlatlar:
Qozogʼiston — 196 ta;
Qirgʼiz R. — 138 ta;
Tojikiston — 80 ta;
Ozarbayjon — 60 ta;
Belarus — 55 ta.






