Qiymati 51,3 million dollarga teng boʼlgan 1 629 dona elektromobil import qilingan

Oʼzbekiston 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida xorijdan qiymati 51,3 mln. AQSh dollariga teng boʼlgan 1 629 dona elektromobillar import qilgan.
2022-yilning sentabr oyida 130 ta elektromobil import qilingan.
Oʼzbekiston joriy yilning 9 oyida eng koʼp elektromobillar import qilingan davlatlar:
Xitoy – 1 422 dona
BАА – 111 dona
Germaniya – 41 dona
Gonkong – 31 dona
Litva – 10 dona
Koreya – 7 dona
Boshqa davlatlar– 7 dona
Manbaa: Davlat statistika qoʼmitasi






