Qiymati 55,4 million dollarga teng elektromobil import qilingan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, Oʼzbekiston 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida xorijdan qiymati 55,4 million AQSh dollariga teng boʼlgan 1 749 dona elektromobil import qilgan.

Elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1136 taga oshgan.

Oʼzbekiston joriy yilning 10 oyida eng koʼp elektromobillar import qilingan davlatlar:

Xitoy – 1 528 dona;
BАА – 111 dona;
Germaniya – 48 dona;
Gonkong – 37 dona;
Litva – 10 dona;
Koreya – 7 dona;
Boshqa davlatlar – 8 dona.