Qiziltepa tumanidagi «qorakoʼlchilik markazi»da respublika ilmiy-amaliy seminari boʼlib oʼtdi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022-yil 15-fevralda «Chorvachilik tarmogʼini qoʼllab-quvvatlash, sohada ilgʼor texnologiyalarni keng qoʼllash orqali goʼsht, sut va tuxum ishlab chiqarish hajmini oshirish» masalalari yuzasidan videoselektor yigʼilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi «Qorakoʼlchilik markazi»da ilmiy-amaliy seminar boʼlib oʼtdi.

Mazkur ilmiy-amaliy seminarda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʼmitasi raisi B.Q.Sharipov, «Yaylov xoʼjaligini rivojlantirish» uyushmasi raisi E.Sh.Hayitov, Navoiy viloyat hokimining qishloq va suv xoʼjaligi masalalari boʼyicha oʼrinbosari S.Istamov, Qiziltepa tumani hokimi, hududiy «Qorakoʼl» uyushmalari rahbarlari, Qorakoʼlchilik va choʼl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, Buxoro choʼl-yaylov ozuqabop oʼsimliklar urugʼchiligi ilmiy ishlab chiqarish markazi direktorlari, Qorakoʼlchilik klasterlar, «Qorakoʼlchilik naslchilik» MChJ Boʼrdoqichilik korxonalari va Ilmiy-naslchilik tajriba stantsiyasi rahbarlari, tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar ishtirok etdilar.

Seminarda 2022-yilda qoʼy-echkichilik boʼyicha aholi bandligini taʼminlash, yil yakuniga qadar naslli qoʼylar bosh sonini koʼpaytirish boʼyicha investitsiya loyihalarini ishga tushirish, qoʼy-echkilar sonini keskin koʼpaytirib, aholini jundan mahsulot toʼqib, daromad topishga ragʼbatlantirish, yem ozuqa, shuningdek sut, goʼsht va junni qayta ishlash sexlarini tashkil etish kabi dolzarb vazifalar ijrosini taʼminlash boʼyicha tushuntirish berilib, suhbatlar o'tkazildi.