Qoʼshni davlatlar hamkorligining yangi bosqichi

Bugun 11 mart kuni Qirgʼiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan yurtimizga keldi. Oliy martabali mehmonni Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Аbdulla Аripov kutib oldi. 

Ikki mamlakat yetakchilari oʼrtasida kechadigan muzokaralarda qardosh davlatlarning doʼstlik, samimiy qoʼshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalari muhokama etilishi kutilmoqda. 

Shuningdek, davlat rahbarlari uchrashuvining kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo-sanoat, transport, energetika, qishloq va suv xoʼjaligi sohalarida koʼp qirrali hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni faollashtirish kabi dolzarb masalalar ham oʼrin olgan.

Аyni paytda “Yashnobod” texnoparkida ikki davlatning 300 dan ortiq biznes vakillari ishtirokida Ishbilarmonlar kengashining birinchi yigʼilishi hamda Oʼzbekiston-Qirgʼiziston biznes forumi oʼtkazilmoqda.