Qonunchilikda 1-dekabrdan nimalar o'zgarmoqda?

Joriy yilning 1-dekabrida haydovchilarga yo'l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi. Bojxona organlari xodimlari qo'mitaning maxsus jamg'armasi hisobidan rag'batlantiriladi. Shuningdek, "Yagona darcha" bojxona axborot tizimi xizmatlari soni kengaytiriladi.

Bundan tashqari:

MCHJlarning ta'sis shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish bekor qilinadi;
“Taekvondo (WT) hamma uchun” dasturi amalga oshiriladi;
Ayrim postlarda "Yashil" va "Qizil" tamoyili asosida avtotransportlar harakatlanishi yo'lga qo'yiladi;
Fuqarolik va migrasiya sohasida davlat xizmatlarini ko'rsatish soddalashtiriladi;
Avtomobil opsiyalari haqidagi ma'lumot avtomatik ravishda yetkaziladi.