Qo’qon universitetida GRADUATION PARTY o’tkazildi

Shu yilning 8-iyun kuni, Xudoyorxon O‘rdasi maydonida Qo‘qon universitetining “GRADUATION PARTY” tadbiri o’tkazilib, unda “Qoʼqon xonligining Turkiy xalqlar davlatchiligi rivoji va madaniy merosida tutgan oʼrni” xalqaro konferensiya mehmonlari ishtirok etdi.

Xabaringiz bor, shu kunlarda Qo‘qon universitetida nufuzli xalqaro anjuman – “Qo‘qon xonligining Turkiy xalqlar davlatchiligi rivoji va madaniy merosida tutgan o‘rni” mavzusida konferensiya o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirda, Turizm va madaniy meros vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Turkiy davlatlar tashkiloti, TURKSOY, Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Qo‘qon universiteti hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston, Vengriya va boshqa xorijiy davlatlardan hamda O‘zbekistondan 20 nafardan ortiq ma’ruzachi, 30 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va ekspert hamjamiyatlarining 50 nafardan ortiq vakillari ishtirok etishmoqda.

Ta’kidlash joizki, ushbu xalqaro konferensiya doirasida oʼzbek, turk, ingliz va rus tillarida qator sessiyalar o’tkazilib, dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.