Qor bo‘ronlari sababli AQSHda minglab aviaparvozlar bekor qilindi

AQSHning sharqiy qirg‘oqlariga yopirilgan qor bo‘ronlari tufayli deyarli uch mingga yaqin aviaparvozlar bekor qilindi.
Tabiiy ofat qamragan tumanlarda 74 millionga yaqin aholi yashaydi.
Aviayo‘nalishlarda 2,8 mingdan ortiq parvoz bekor qilindi. Kuchli shamol bilan yopiriluvchi muz, yomg‘ir va qor aralash bo‘ron janubi-sharqiy shtatlardan shimolga qarab harakatlanmoqda.
Poytaxt Vashington va uning tegrasidagi hududda kuchli qor yoqqan. Mahalliy axborot manbalarida Floridadan Kanada chegarasigacha bo‘lgan ayrim transport yo‘llari yopilishi taxmin qilinmoqda.






