Qora shokoladning sog‘lik uchun 5 ta foydali jihati

Qora shokolad inson sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatadigan ozuqaviy moddalar bilan boyitilgan. Bu turdagi shokolad kakao daraxtining urug‘idan tayyorlanadi va dunyodagi eng yaxshi antioksidant manbalarining biri sifatida tan olingan.

Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, quyuq shokolad (shakarsiz) inson salomatligini yaxshilaydi va yurak xastalikligiga chalinish xavfini kamaytiradi. Qolaversa, uning tarkibida foydali bo‘lgan minerallar mavjud.

Ko‘plab o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kakao va qora shokolad qonni ko‘paytiradi hamda qon bosimini pasaytiradi.

Shuningdek, qora shokolad tarkibida yurak xurujiga qarshi oksid mavjud. Bu borada bir qancha tadqiqotlar o‘tkazilgan. Masalan, so‘nggi o‘tkazilgan tadqiqot ko’ra, shokoladni haftasiga ikki yoki undan ko‘p marta iste’mol qilish arteriyalarda klassifikatsiyalangan blyashka xavfini 32 foizga kamaytiradi. Yana bir tadqiqotda aytilishicha, qora shokoladni haftasiga 5 martadan ko‘proq iste’mol qilish yurak xastaligi xavfini 57% ga kamaytiradi.

Bundan tashqari, qora shokolad tarkibidagi bioaktiv birikmalar inson teriga ham foydali bo‘lishi mumkin. Flavonollar quyoshdan himoya qiladi, teridagi qonni yaxshilaydi. Shuningdek, terining zichligi va namlanishini oshiradi.

Qora shokoladning yana bir yaxshi xususiyati bu - miya faoliyatini yaxshilashi. Tarkibida kakao bo‘lgan qora shokolad aqliy zaifligi bo‘lgan keksa odamlardagi kognitiv funksiyani sezilarli darajada yaxshilashga ko‘maklashadi. Bundan tashqari, kakao tarkibida kofein va teobromin kabi stimulyator moddalar mavjud bo‘lib, ular qisqa vaqt ichida miya faoliyatini yaxshilay olishining asosiy sababidir.