Qorako'lchilikning tiklanishi

"Bright Uzbekistan" xalqaro axborot portali jamoasining navbatdagi tashrifi doirasida O'zbekiston Respublikasi Qorako'lchilik uyushmasi raisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv Uyushma raisi Erkin Hayitov va loyiha rahbari boshchiligidagi jamoa o'rtasida bo'lib o'tdi.

Ma'lumki, qorako'lchilik doimiy mijozlarga ega bo’lgan mahsulot bo’lib, mamlakatimizda eng talabgir yo’nalishlardan biri sanaladi. Qorako'lchilikni rivojlantirish, bu sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xomashyo sifatini oshirish, shuningdek, unga xalqaro darajadagi talabni oshirish bugungi kunning dolzarb masalalari ekanligi ta'kidlandi.

Ushbu yuksak maqsadlarni amalga oshirish uchun tashkil etilgan mazkur uchrashuvda ijobiy natijalarga erishildi va umumiy foyda keltirdi. Ushbu yo'nalishda yaqin hamkorlikni amaliy qo'llash yaxshi samara berishini har ikki tomon ham ta'kidladilar.