Qoraqalpog‘istonga yangi prokuror tayinlandi

Tajiyev Erkaboy Aminovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori etib tayinlandi. U bunga qadar Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shuningdek, 2016-2017-yillarda Tajiyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.