Qoraqalpogʼiston hududida joriy etilgan favqulodda holat rejimi yumshatiladi

Qoraqalpogʼiston Respublikasidagi vaziyatning barqarorlashgani va hudud aholisining odatdagi hayot tartibiga qaytayotganini hisobga olib, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qoraqalpogʼiston hududida joriy etilgan favqulodda holat rejimini yumshatish, yaʼni komendantlik soatining amal qilish vaqtini "soat 21 dan soat 7 ga qadar" oʼrniga "soat 23 dan soat 5 ga qadar" etib belgilashga qaror qilindi.

Qoraqalpogʼistonda favqulodda holat joriy etish toʼgʼrisidagi 2022-yil 2-iyuldagi Prezident farmoniga tegishli oʼzgartirishlar kiritish toʼgʼrisidagi farmon davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi va Oliy Majlis palatalariga tasdiqlash uchun yoʼllandi.