Qo'yliq metro bekati vaqtinchalik yopiladi

«Qo‘yliq» dehqon bozori tomon qurilayotgan avtomobil yo‘l qurilish ishlari tufali Qo'yliq metro bekati 8 kunga yopiladi deya xabar beradi Metropoliten axborot xizmati.

Toshkent metropolitenining "Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishi 6- va 7-bekatlari oralig‘idagi yer ustki qismida Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan «Qo‘yliq» dehqon bozori tomon qurilayotgan avtomobil yo‘l o‘tkazgichining qurilish ishlari yakunlanmoqda.

Shu munosabat bilan metropolitenning 7-bekati (Qo‘yliq) joriy yilning 11-mart kunidan 18-mart kuniga qadar metro yo‘lovchilariga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi.

"Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishida poyezdlar harakati «Do‘stlik-2» bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi. Yo‘lovchilar uchun esa 6- va 7-bekat oralig‘ida qo'shimcha avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.