Qozog‘istonda prezident saylovi oldidan jimjitlik kuni e’lon qilindi

Qozog‘istonda 20-noyabr kuni navbatdan tashqari prezidentlik saylovi o‘tkaziladi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev navbatdan tashqari prezident saylovlarini o‘tkazish taklifini 1-sentabr kuni xalqqa yo‘llagan murojaatida bildirgandi.
“Tengrinews” xabariga ko’ra, Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovi arafasida 19-noyabr — jimjitlik kuni deb e’lon qilingan. Shu kuni olib borilgan har qanday tashviqot faoliyati noqonuniy hisoblanadi.
20-noyabr kuni ovoz berish mahalliy vaqt bilan 07:00 dan 20:00 gacha davom etadi. Ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha ovozlarni hisoblash natijalari hududiy saylov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi va ikki kun muddatda, ya’ni 22-noyabrga qadar Markaziy saylov komissiyasiga yetkaziladi.






