Qozogʼiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi boʼldi

Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida mamlakatimizda davlat tashrifi bilan boʼlib turgan Qozogʼiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʼlib oʼtdi.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev shohsupaga koʼtarildilar. Oʼzbekiston va Qozogʼiston davlat madhiyalari yangradi.
Birgalikda suratga tushish marosimidan soʼng davlat rahbarlari tor doirada muzokara oʼtkazish uchun moʼljallangan zalga oʼtdilar.






