Qozog'iston Senatining raisi O'zbekistonga tashrif buyuradi

3-4 iyun kunlari Qozog'iston Parlamenti Senati vakili Maulen Ashimbayevning rasmiy tashrifi kutilmoqda.


Parlament yuqori palatasi axborot xizmatining xabar berishicha, tashrif doirasida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.


Tashrif kun tartibiga Temuriylar tarixi davlat muzeyi, “Xazrati Imom” majmualari, Shayx Xovendi Tohur, “Qaldirg’ochbiy” maqbarasi, Texnoparkni ziyorat qilish, ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani o'tkazish hamda “Mustaqillik va insonparvarlik” monumentiga gul qo'yish kiritilgan.


Shuningdek, O'zbekiston parlamenti yuqori palatasi raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan muzokaralar o’tkazish rejalashtirilgan.