Qozog'iston Turkiyadagi zilziladan jabr ko'rganlar uchun 1 mln dollar ajratadi

Qozog’iston Prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, Prezident Qasim-Jomart To’qayev Turkiyada yuz bergan zilzila sababli jabr ko’rganlar uchun 1 million dollar ajratishni ma’lum qildi.

Shuningdek, Qozog’iston vakolatli organlari Turkiya bilan birgalikda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun qo’shimcha yordam ko’rsatish masalalarini ham o’rganmoqda.

6-fevral kuni Turkiya janubidagi hududlarda 7,8 magnitudali zilzila yuz bergandan so’ng, ko’plab mamlakatlar Turkiyaga hamdardlik birdirdi va qo’shimcha yordam kuchlarini yubordi.

Qozog’iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bo’lgan samolyot ham 7-fevral kuni Turkiyaning Gaziantep shahriga borib qo’ndi. Kecha 8-fevral kuni Qozog’iston ikkinchi yordamchi guruhni ham Turkiyaga jo’natdi.