Qozogʼistonda xorijliklar soddalashtirilgan tartibda yashash uchun ruxsatnoma olishlari mumkin boʼlgan kasblar roʼyxati tasdiqlandi

Roʼyxatga sogʼliqni saqlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, fan va boshqa yoʼnalishlar boʼyicha 21 ta mutaxassislik kiritildi.

Bu mutaxassislikni egallaganlar toʼlovga layoqatliligini tasdiqlovchi hujjatsiz yashash uchun ruxsatnoma olishlari mumkin boʼladi.

Yashash uchun ruxsatnoma 10 yilga yoki chet el fuqarosi pasportining amal qilish muddatigacha beriladi.