Qozog‘iston Nur-Sulton va Almati shaharlarida 5G tarmog‘ini ishga tushirdi

Ilk o‘lchovlarda yaxshi natijalar qayd etildi.

Qozog‘iston innovatsiya va aerokosmik sanoati vaziri Bagdad Musin 5G tarmog‘i mamlakatning ikkita yirik shaharlarida ishga tushirilganini ma'lum qildi.

Aloqa operatorlari shaharlarning ma'lum hududlarida sinov o‘tkazdi. Ilk o‘lchovlarda yaxshi natijalar qayd etildi.

5G - bu mobil aloqaning beshinchi tarmogʼi, 4G tarmogʼining rivojlantirilgan versiyasi. Yangi tarmoqda axborot 4Gdagiga nisbatan 100 barobar tezroq uzatiladi — nazariy jihatdan, tezlik soniyasiga oʼnlab gigabayt darajasiga yetadi. 5Gning boshqa bir farqli muhim jihatlari: kutish uchun vaqtning oʼta qisqaligi (yaʼni, axborot uzatish uchun sarflanadigan vaqtning oʼta qisqaligi, bu yerda hisoblash millisoniyalarda oʼlchanadi) va qurilmalar oʼrtasida maʼlumotlarni toʼgʼridan-toʼgʼri uzatish imkoniyatlaridir.