Qozog‘iston sanoat mahsulotlarini eksport qilish uchun maqsadli bozor sifatida Ozarbayjonni tanladi

Savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonov Nur-Sultonda 5-iyul kuni boʻlib oʻtgan Qozogʻiston-Ozarbayjon hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik komissiyasining 18-yigʻilishida Qozogʻiston kompaniyalari sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini uzluksiz eksport qilishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.

Qozogʻistondan olingan maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi bir yil ichida Ozarbayjon va Qozogʻiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi uch barobarga oshgan va 330 million dollardan ortiqni tashkil qilgan.