Qozog‘iston Ukrainaga gumanitar yordamining ikkinchi partiyasini jo‘natdi

Qozog‘istonning Favqulodda vaziyatlar vazirligining matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Qozog‘iston hukumati 28-mart kuni samolyot orqali Ukrainaga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini jo‘natdi.
"28-mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Olmaota shahridan Polshaning Katovitse shahriga havo yo‘li orqali Ukraina fuqarolari uchun navbatdagi gumanitar yordam yuklangan maxsus reys tashkil etildi", deyiladi xabarda.
Vazirlik bergan ma’lumotda keltirilishicha, umumiy vazni 17,5 tonna bo‘lgan yuk ko‘rpa-to‘shaklar va oziq-ovqatlardan iborat.
P.S. Qozog‘iston ukrainaliklarga birinchi gumanitar yordamini 14-mart kuni jo‘natgan edi. Unda 17 turdagi dori-darmonlardan iborat 28 tonna yuk Olmaota shahridan Polshaning Katovitse shahriga havo yo‘li orqali yetkazilgan edi.






