Qozog‘istonda prezidentlikka nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish yakunlandi

Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xabariga ko’ra, Qozog‘istonda 2022-yil 11-oktabr kuni soat 18.00da mamlakat prezidentligiga nomzodlarni ko‘rsatish yakunlandi. Qayd etilishicha, davlat rahbari lavozimiga 12 kishining nomzodi ilgari surilgan.
Bu vaqtga kelib, Markaziy saylov komissiyasi besh nafar nomzodni Prezidentlikka nomzodlar uchun qonunchilik talablariga javob beradi deya tasdiqlagan.
Shuningdek, prezidentlikka nomzodlarning yana 7 nafariga tegishli bo’lgan hujjatlar MSK tomonidan o’rganib chiqilmoqda.






