Qoʼpol qoidabuzarlarga jazo muqarrarligi taʼminlanishi shart - Prezident

Davlatimiz rahbari bundan buyon har bir huquqbuzarlik uchun jarima ballari tizimi joriy etilishini maʼlum qildi.
2021-yilda respublika boʼyicha 95 ming nafar haydovchi 5 tadan koʼp, 9 ming nafari 20 tagacha, 700 nafari 50 tagacha, 18 nafari 100 tagacha qoidabuzarlik sodir etgan.
Davlatimiz rahbari bundan buyon har bir huquqbuzarlik uchun jarima ballari tizimi joriy etilishini maʼlum qildi.
Masalan, haydovchi tezlikni oshirsa – 1 ball, qizil chiroqda oʼtsa – 3 ball hisoblanadi.
Аgar bir yilda qoidabuzarliklar jami 12 balldan oshsa, haydovchi avtomobil boshqarish huquqidan mahrum boʼladi.
Shuningdek, avtomobilni tartibsiz boshqarib, boshqa haydovchilarga xalaqit qilganlik uchun alohida yoʼl bezoriligi degan yangi javobgarlik turi kiritiladi.






