Qo‘yliq bozori va unga tutash ulgurji bozor ko‘chiriladi

“Qoʻyliq” Dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo zonasi boshqa manzilga koʻchiriladi.
“Poytaxtimizdagi “Qoʻyliq” dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo hududida yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash va tirbandliklarning oldini olish maqsadida yoʻlni kengaytirish va koʻprik qurish ishlari rejalashtirilgan”, — deyiladi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabarida.






