Qurilish materiallari sohasida 600 million dollarlik eksport ta’minlanadi

Yigʼilishda qurilish materiallari sohasida 2022-yilda 28 trillion soʼmlik mahsulot ishlab chiqarish hamda 600 million dollarlik eksportni taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.

Mutasaddilar viloyat hokimlari bilan birga 2022-yilda 1,8 milliard dollarlik 420 ta yirik loyihani amalga oshirishi shartligi koʼrsatib oʼtildi.

1-iyulga qadar 150 million dollar, yil yakuniga qadar yana 300 million dollar mablagʼlarni jalb etib, sohadagi investitsiya loyihalarini muddatida moliyalashtirishni tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.