Qurilish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzulmasi masalari bo'yicha ma'lumot

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida "Qurilish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzulmasi" masalalari bo'yicha ishchi guruhning bajarilgan ishlari to'g'risida brifing bo'lib o'tdi.

17 avgust holatiga ko'ra ushbu ishchi guruh faoliyati doirasida 3651 ta murojaat kelib tushdi va ulardan 3328 ta individual xarakterda, 201 ta tizimli va 122 ta boshqa masalalar kelib tushgan.

Bugungi kunga qadar murojaatlarning 81% yechimini topdi va 688 tasi (19%) ko'rib chiqish jarayonida.

Shuningdek, murojaatlar vazirlik va idora, xo‘jalik birlashmalari kesimida tahlil qilinganda kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi quyidagi vazirliklarga to‘g‘ri kelmoqda:
- Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga – 1 560 ta – 1 557 ta;
- Adliya vazirligiga – 54 ta – 54 ta;
- Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga – 225 ta – 225 ta;
- Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasiga – 13 ta – 13 ta;