Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining muammolari muhokama qilindi

Bugun, Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining muammolari, ularni bartaraf etish hamda yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqishga bagʼishlangan biznes-nonushta boʼlib oʼtdi.
Tadbirni, Oʼzbekiston respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov kirish so’zi bilan ochib berdi. Shuningdek, yig’ilishda Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o’rinbosari Islom Jasimov, Oʼzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining birinchi oʼrinbosari Davron Аdilov hamda Biznes-ombudsman o‘rinbosari Jamshid O‘rinov, sohaning yetakchilari va tadbirkorlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida, qurilish sohasini loyihalashtirish, qurilish bozorida aholini sifatli va arzon qurilish materiallari bilan taʼminlash borasidagi mavjud muammolar muhokama qilinib, sohaga doir tadbirkorlik subyektlari tomonidan bildirilgan mavjud muammolar yechimi yuzasidan takliflar ko’rib chiqildi.






